samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

Sayohat ma‘naviy ozuqa bo'ldi

Чоп этиш

Samarqand moliya va iqtisodiyot kolleji o'qituvchilari uchun Samarqanddagi tarixiy obidalar, diqqatga sazаvor qadamjolarga sayohat uyushtirildi.

Sayohatimiz O‘zbekiston Respub­­likasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov abadiy qo‘nim topgan muqaddas maskan — Hazrati Xizr majmuasidan boshlandi. Majmuaning yurtimiz va xorijlik sayyohlar bilan gavjumligi Mustaqilligimiz asoschisi, davlat arbobi Islom Karimovning xalqparvarligi, asrlarga tatigulik islohotlari qalblardan chuqur joy olganligidan dalolatdir. Bu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, barpo etilgan muhtasham maqbara buyuk xalqning suyukli farzandiga ko‘rsatgan ehtiromning go‘zal namunasi deyish mumkin. Maqbara atrofini o‘rab olgan ayvonning devorlarida bitilgan o‘lmas fikr va g‘oyalar xalqimizni hamisha birdamlikka, tinch-totuvlikka undaydi.

Buyuk ajdodimiz, muhaddis olim Imom al-Buxoriy qadamjosiga borganimizda hayratimiz yanada ortdi. Bugun bu qutlug‘ maskan avvalgidek ziyoratgohgina emas, balki ulkan ma'naviyat, ma'rifat maskaniga aylanganining guvohi bo‘ldik. Ulug‘ alloma qoldirgan boy ma'naviy merosni o‘rganish, o‘quvchilarimizga uqtirish, bu erga ularning ham sayohatini uyushtirishni niyat qildik.

O‘qituvchilar Amir Temur, Xo‘ja Doniyor maqbaralari, Shohi Zinda ansambli, Xo‘ja Ahrori Vali ziyoratgohida ham bo‘lishdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida: "Oldimizga qo‘ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim", deya alohida e'tirof etgan edi. O‘qituvchilarimizning ushbu sayohati ular qalbida ajdodlarimizga bo‘lgan ehtiromni yanada oshirib, tariximiz, ajdodlarimizning ilmiy merosi, ibratli hayoti haqida o‘quvchilarga ko‘proq bilim berishlarida ahamiyatga molik bo‘ldi.

Муаллиф: Hilola TOJIEVA, kollejning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri

2.02.2019 106 5 Маданият
окна фотограф html php памятники знакомства