samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

SOHIBQIRON NOMI ULUG'

Чоп этиш

Tarixda kamdan-kam jahongir o‘zidan keyin buyuk markaz¬lash¬¬gan davlat va yuksak ma’na¬vi¬yat qoldirgan. Amir Temur¬ davrida o‘zbek davlatchiligi tarixida eng yorqin sahifalar bitildi.

Sohibqiron Amir Temur faoliyati davomida mo‘g‘ullar bosqinidan keyin vayron bo‘lib yotgan shaharlarni tikladi, hu­nar­mandchilik, savdo-sotiq va ziroat­chilikning rivoj­lanishiga sharoit ya­ratdi. Buning natijasida mamlakatda ilm-fan va madaniyat misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Butun faoliyati davomida "Kuch — adolatda!" shioriga amal qilgan Amir Temur davlatni boshqarishda bir nechta tabaqaga emas, aholining barcha taba­qalariga suyandi. U o‘zidan oldin o‘tgan hukm­dorlardan farqli o‘laroq, ilm-fan, mada­niyat va san’at borasida ijobiy fikrdagi shaxs bo‘lgan va bu soha fidoyilariga doim homiylik qilgan. Sohib­qiron Amir Temur Islom dini ma’navi­yatining aha­mi­yatini chuqur anglagan holda Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahoviddin Naq­shband tariqatlarini  keng targ‘ib etilishiga imkon yaratdi. Shuningdek, u dunyo tarixida o‘z davri­ning mohir siyosatchisi va  dip­lomatidir.

Temuriylar davri tarixi haqida o‘sha davr muarrixlari Abdurazzoq Sa­mar­qandiy, Xondamir, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqalar o‘z asarlarida muhim tarixiy ma’lumotlarni bergan. Ammo o‘sha davr manbalarining barchasida ham Amir Temur shaxsi va faoliyatiga xolisona baho berilgan, deb bo‘lmaydi. Masalan, fors va arab manba­larida, jumladan, Ibn Arabshoh asarlarida Amir Temur shaxsi qoralangan va uni "Temurlang", ya’ni "Temur oqsoq", deb atagan. Shundan keyin esa rus va yevropa manbalarida Sohibqiron Amir Temur "Temurlang" nomi bilan atala boshlandi. Aslida esa Amir Temur 1362-yilda mo‘g‘ullarga qarshi kurashda oyog‘i va qo‘lidan jarohatlangan. Qo‘li keyinchalik tuzalgan, ammo oyog‘i bir umr oqsoq bo‘lib qoladi.

Shuni ta’kidlash lozimki, dunyoning ko‘plab rivojlangan davlatlari harbiylari, xususan, Germaniya, Angliya, Xitoy, Chor Rossiyasi va bolsheviklar Amir Temurning harbiy san’atini o‘rganishgan va undan foydalanishgan. Masalan, 1875-yilda Sankt-Peterburgda rus zobiti M. Ivanin "Mo‘g‘ul-tatarlar va O‘rta Osiyo xalqlarining Chingizxon va Amir Temur davridagi harbiy san’atlari va istilolari" nomli asarida Amir Temur shaxsi, harbiy san’ati, jahon tarixidagi o‘rniga haqqoniy baho bergan. Shuningdek, Amir Temur harbiy san’ati bolsheviklar tomonidan ham o‘rganilgan. Misol uchun, 1918-yilda tashkil etilgan "Qizil Komissarlar kursi"da Amir Temurning harbiy san’ati alohida o‘rganilgan. Shu tufayli ham mazkur kursda tahsil olgan Mixail Frunze, Arkadiy Gaydar kabi sarkardalar Amir Temur shaxsi va harbiy mahoratini hurmat qilgan va har ikkisi ham to‘ng‘ich o‘g‘illariga Temur, deb nom qo‘yishgan. Ammo sovet davlatida kommunistik mafkuraning yakka hukmronligi, rus shovinizmi kuchaygan davrda xalqimiz tarixi buzilib, kommunistik mafkuraga xizmat qilishi kuzatildi. Oqibatda sovet tarixshunosligida Amir Temur tarixi yaxshi o‘rganilmadi. Eng yomoni, bobomiz bilan bog‘liq tarix soxtalashtirilib, uning shaxsi qoralandi. Sobiq ittifoq davri kitoblarida Amir Temur qo‘shini Moskva atrofiga yetib borganligi xususida "Mo‘g‘ul-tatarlar Moskvani qamal qildi", deb yozishgan. Aslida esa Sohibqironning askarlari To‘xtamishxonni tor-mor qilib, rus yerlarini, jumladan, Moskvani ham mo‘g‘ul istilosidan ozod etgan edi. Afsuski, bu tarixiy haqiqat Rossiya matbuotida 1995-yildagina yozildi. Biroq sho‘rolar davrida ham Amir Temur faoliyatini xolisona yoritishga harakatlar bo‘lgan. Bu borada taniqli o‘zbek olimi Ibrohim Mo‘minovning "Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni va roli" asari muhim ahamiyatga ega edi. Ammo olim ushbu asari uchun sobiq sovet istibdodi davrida partiya rahbarlari tomonidan qattiq tanqid ostiga olinadi.

Mustaqillikkacha bo‘lgan davrda Amir Temurning tashqi qiyofasi ham xolisona tasvirlanmagan. O‘sha davr rasmlarining birida Sohibqironni mo‘g‘ulga, yana birida hindga, uchinchisida esa umuman boshqa bir millat vakiliga o‘xshatib tasvirlashgan. Ko‘pchiligimiz esa uni sobiq sovet antropolog-haykaltaroshi M. Gerasimov yaratgan "qo‘rqinchli" byust orqali bilar edik, xolos. Faqat mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz I. Karimov tashabbusi bilan Amir Temur shaxsi va faoliyati xolisona o‘rganila boshlandi.

Birinchi Prezidentimiz tashabbusi bilan 1993-yilda Toshkentda Sohibqironga haykal o‘rnatildi. 1996-yilda esa Sohibqironning 660 yilligi butun dunyoda va mamlakatimizda keng nishonlandi, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temurga haykal qo‘yildi. Poytaxtimiz Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Amir Temur haqida ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi.

Bugungi kungacha Sohibqiron Amir Temur bobomiz tariximiz osmonidagi eng yorqin yulduzlardan biri hisoblanadi va albatta, bu har birimizga iftixor bag‘ishlaydi. Amir Temurning qoldirgan ma’naviy merosi yoshlarimizni doimo yangi-yangi marralarni zabt etishga ilhomlantiradi.

Муаллиф: Alisher TOYIROV, SamQXI gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi. Shaxzod AHMEDOV, kafedra o‘qituvchisi

7.04.2018 158 26 Адабиёт
окна фотограф html php памятники знакомства