samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

SEHRLI DIYOR

Чоп этиш

Yaqinda "Siyob dehqon bozori"da xorijlik bir sayyoh bilan suhbatlashib qoldim.

Suhbat asnosida sayyoh a'lo kayfiyatda "Sizning jamiyatingiz sehrli, sehrgarlar jamiyati, bu sehrli diyor menga juda yoqdi", dedi. Undan nima uchun sehrli jamiyat, deb ta'rif bergani bilan qiziqdim.

"Hammaning yuzida tabassum. Yoshu qari bir-biridan hol-ahvol so‘raydi, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha chiroyli tabassum bilan so‘zlashadi. Men garchi tilingizni bilmasam-da, bunday munosabatni qalban tushunyapman. Ayniqsa, bozorda sotuvchilarning jilmayishi o‘ziga ohan­rabo­day tortadi. Siz qanday narsa xarid qil­ganingizni o‘zingiz sezmay qolasiz. Bunday jamiyatni yana qanday atash mumkin?", dedi sayyoh.

Chet ellik mehmonning so‘zlarini uzoq o‘yladim. Bizning jamiyatimiz haqiqatan ham sehrgarlar jamiyati. Sababi, qaysi millat vakili o‘zi tanimagan inson bilan xuddi qirq yillik qadrdonlardek salomlashadi? Uyida o‘zi yemagan narsalarni mehmon oldiga tortadi. Ko‘chada ketayotib, biror kishining shirinsuxanlik bilan "Yaxshimisiz'', degan oddiy bir kalomidan ko‘nglingiz ko‘tarlilib, siz ham jilmayib javob qaytarasiz. Natijada ikki kishining ham kayfiyati ko‘tariladi.

Муаллиф: Manzura NASRIDDINOVA, SamDChTI talabasi

16.06.2018 213 45 Маданият
окна фотограф html php памятники знакомства