samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

Repetitor ham o‘qituvchi

Чоп этиш

Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish niyatida bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning safi kengayishi natijasida qo‘shimcha darslar, malakali pedagoglarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda.

Ota-onalar farzandining bilimli bo‘lishini ko‘zlab falon so‘m to‘lab, repetitorlarga berayotir. Shunday ekan, bu ishning samarasi bormi?

Aslini olganda, repetitor nima uchun kerak? Axir, o‘qituvchilar o‘quv muassasalarida ta’lim berib kelayotgani o‘quvchilar uchun yetarli emasmi? Bu kabi savollar hozirgi kunga qadar o‘z javobini topgan emas.

Ota-ona farzandining kamol topishi, el-yurtga foydasi tegadigan inson bo‘lib yetishishi uchun imkoni boricha harakat qiladi. Repeti­torning maqsadi qo‘shimcha daromad topishmi yoki maktab partasida 11 yil o‘tirib, bilimiga qoniqmagan yoshlarni 4-5 oy ichida talaba­likka da’vogar bo‘lish darajasi­gacha ko‘tarishmi?   Umuman olganda, o‘quvchining qo‘shimcha bilim olishi, darsdan tashqari kerakli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi yaxshi, albatta. Ammo mazkur jarayonni dars davomida amalga oshirish ham mumkin-ku. Shu o‘rinda aytish kerakki, ta’lim sohasida havas qilsa arzigulik islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘qituvchilarga imkoniyatlar yaratilayotgan bir davrda nega ota-onalar o‘qituv­chini tan olmay farzandini repe­titorga berishga oshiqmoqda? Aslida repetitor ham darsni maktab darsliklari asosida o‘tadi. Ular xuddi maktab­da­gidek bitta xonada  yigirmadan ortiq o‘quvchiga ta’lim beradi. Unday bo‘lsa reptitorning nima afzalligi bor? O‘zlashtirishi sustroq, guruh bilan birga ishlashga qobiliyati yo‘q o‘quvchilar  indivi­dual yoki kam sonli tengdoshlari orasida, alohida nazoratda o‘qish uchun repetitorga boradi. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Majburiy ta’lim davomida ko‘pgina o‘qituvchilar eskicha, zerikarli usullardan foydalanib o‘quvchilarga mav­zuni yetkazib bera olmaydi. Sinf bo‘yicha o‘quvchilar bilim saviyasiga qarab ajratilmasligi ularning o‘zlashtirish qobiliyati notengligiga olib keladi. Demak, oliy o‘quv yurtigacha bo‘lgan ta’lim bosqichlarida bo‘sh­liqlar bor. O‘quvchi-yoshlar bo‘shliqni to‘ldirish uchun, majburiy ta’lim jarayonida o‘tilayotgan darslarga qoniq­masdan qaysidir ma’noda majburlikdan repetitorga bora­yotir. Ammo buning samarali va ijobiy natija berishiga hamma repetitorlar ham kafolat bera olmaydi. Ularning ongida mak­tabda o‘qituvchi bergan bilim bilan oliy o‘quv yurtiga o‘qishga qabul qilinishning iloji yo‘q, faqatgina repetitor kirish imti­hon­lari uchun tayyorlaydi, degan g‘oya shakllangan. Bu esa mutlaqo xato fikr. Bir  dugonam oilaviy sharoiti to‘g‘ri kelmaganligi bois repetitorga bora olmadi. Lekin o‘qishga kirish uchun mustaqil tayyorlandi. Dars jarayonida faol qatnashib, tushunmagan joylarini o‘qituvchidan so‘rab olar edi. Buning natijasi o‘laroq joriy yilda talabalar safidan o‘rin egalladi. Demak, mustaqil o‘qib ham oliy o‘quv yurtiga kirish mumkin ekan-da.  Testlar, savol-javob kitoblari, qo‘llan­malar mustaqil o‘rganish uchun yaxshi va qulay vositalardir. Ta’lim muassasalarida esa ko‘p­­­lab tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar, internet ma’lumotlari, qo‘shimcha test­lar o‘quvchilarga bilim berish­dagi samarali usulni tashkil etadi. Malakali pedagog darsni qan­chalik mazmunli o‘tsa, repetitorga bo‘lgan talab ham shuncha kamayadi. O‘quvchilar bilimini  mus­tahkamlash uchun o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish ularning bilim saviyasini oshirishda muhim omil bo‘ladi. Shuningdek, repeti­torga borish qo‘shimcha mab­lag‘ talab etadi. Dars jarayonida olinayotgan bilim moddiy tomondan ham foydalidir.

Ota-onalar yaxshi repetitor qidirgandan ko‘ra, o‘quv jara­yonidagi darslarning borishini, samaradorligini muntazam nazorat qilishsa, shu bilan birgalikda farzandining qiziqish­laridan ham boxabar bo‘lishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

 

Муаллиф: Gulmira Sherali qizi

14.11.2018 121 90 Таълим
окна фотограф html php памятники знакомства