samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

ONA MEHRI

Чоп этиш

Tashqarida chinqirib yig‘layotgan bolaning ovozi Farog‘at opani sarosimaga soldi. Ovoz o‘g‘li Jasurnikiga o‘xshardi. U shoshganicha derazadan pastga qaradi. Jasur daraxt ostida boshini changallaganicha chinqirib yig‘lardi.

— Daraxtdan yiqilib, boshi yorildi, qon oqyapti, — dedi qo‘shni qizaloq Nargiza.

Jasurni operatsiya qilish uchun shifokorlar imkon qadar tezkor harakat qilishdi. Operatsiya boshlandi, Farog‘at opa yum-yum yig‘lardi, uy ishlari bilan bo‘lib, o‘g‘lini nazoratdan chetda qoldirganiga qattiq afsuslanar, o‘g‘liga Allohdan umr so‘rardi.

Operatsiya muvaffaqiyatli tuga­di. Shifokor Jasurning ahvoli yaxshi ekanligini, boshi yorilgani salo­matligiga jiddiy ta’sir ko‘r­satmasligini, bir necha kun shifoxo­nada shifokorlar nazoratida bo‘lishi­ni aytdi.

Farog‘at opa biroz yengil tort­gandek bo‘lib, o‘rindiqqa o‘tirdi. Shu payt qo‘llari xamir yuqi ekanligini payqadi. Egnida esa uy kiyimi edi...

Муаллиф: Behruz AVALBOYEV, 17-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

14.07.2018 240 55 Адабиёт
окна фотограф html php памятники знакомства