samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

O‘ZBEGIM QIZLARI

Чоп этиш

Tik boqmaydi ota ko‘ziga,

Upa, bo‘yoq surtmas yuziga,
Ma’no-mazmun bordir so‘zida,
O‘zbegim qizlari, o‘zbek qizlari.

 

Qirqta qilib kokilin o‘rgan,

Qoshlariga o‘smalar qo‘ygan.

Ona Vatan mehrini tuygan,

O‘zbegim qizlari, o‘zbek qizlari.

 

Hamroh qilgan ibo-hayoni,

Shirin so‘zin yo‘qdir poyoni.

Sevgani qalbida pinhoni,

O‘zbegim qizlari, o‘zbek qizlari.

 

Yolg‘on, kibr ularga yotdir,

Bevafolik o‘lim, isnoddir.

Onajonlar bunga isbotdir,

O‘zbegim qizlari, o‘zbek qizlari.

Муаллиф: Manzura NASRIDDINOVA

8.03.2018 228 18 Адабиёт
окна фотограф html php памятники знакомства