samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

Ijodkorlik imkon yaratdi

Чоп этиш

Fanning eng so‘nggi yangiliklaridan xabardor, ilg‘or ish usullari va zamonaviy texnologiyalarni hayotga tatbiq eta oladigan, bilimini o‘quvchilar ongida mehr bilan singdiradigan o‘qituvchi el e’zoziga sazovor bo‘ladi.

Jamoa va el orasida ana shunday hurmatga sazаvor bo‘lgan o‘qituvchilardan biri 49-umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Rahima Sanayevadir. U maktabda o‘quvchilarga kimyo fanidan dars berish bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish viloyat hududiy markaziga kimyo fanidan malaka oshirish uchun kelgan o‘qituvchilarga   darsni samarali usulda tashkil etish bo‘yicha  o‘z tajribasi asosida  amaliy tavsiyalаr berib boradi.

Ustoz dunyoqarashi keng, kuchli bilim sohibi bo‘lsagina zamon talabiga javob bera oladigan kadrlarni tayyorlay oladi. Buni yaxshi his etgan R. Sanayeva tinimsiz izlanishda: o‘quvchilar bilan laboratoriya mashg‘ulotlari o‘tkazadi, darslarida AKT, multimedia va slaydlardan foydalanadi, fanning dolzarb muammolarini o‘quvchilar bilan muhokama qiladi. Natijada o‘quvchilari qator yillardan buyon fan olimpiadalarining shahar va viloyat bosqichlarida faxrli o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Masalan, 9-"B" sinf o‘quvchisi G‘. Shukurov kimyo fanidan joriy yilda o‘tkazilgan fan olimpiadasining  shahar bosqichida 2-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. 2016-yilda R. Sanayeva "Eng yaxshi fan kabineti mudiri" ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-o‘rinni egalladi. Uning "Kimyodan masalalar va ularning yechimlari", "Kimyo darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish", "Kimyo xonasida o‘qituvchi va laborantning vazifasi" nomli metodik qo‘llanmalari xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish viloyat hududiy markazi kimyo kafedrasi tomonidan respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya qilindi.

Agar safimizda R. Sanayeva kabi jonkuyar, fidoyi, o‘z kasbiga mehr qo‘ygan o‘qituvchilar ko‘payishi ta’lim-tarbiya sifatining bundan-da ortishiga xizmat qiladi.

Муаллиф: E. HAYDAROVA, 49-umumta’lim makabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

11.04.2018 132 27 Таълим
окна фотограф html php памятники знакомства