samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

Endi darslar ingliz tilida

Чоп этиш

Mamlakatimiz ta'lim tizimida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jumladan, ingliz tilini o‘rganish va o‘rgatish borasida ham bir qator ishlar qilinmoqda.

Mazkur islohotlarga ko‘ra barcha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o‘qitishda yangicha metodlar tatbiq etilyapti.

Institutimizda deyarli barcha darslar maxsus ixtisosdagi tilda olib boriladi. Jumladan, men ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olaman. Shuning uchun ingliz tili chuqurlashtirib o‘qitiladi. Shundan kelib chiqib dars jadvalidagi hamma fanlar, chetki fanlardan tashqari, malakali o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida o‘tiladi. Dars jarayonida asosiy e'tibor talabalarning fikrini ingliz tilida ifodalashga o‘rgatishga qaratilgan. Dars so‘ngida uyga vazifa tarzda talabalarga turli sohaga doir mavzular beriladi. U kelgusi darsga mustaqil tayyorlanib kelishi talab etiladi. Mavzudan kelib chiqib talaba maxsus chizmalar, rasmlar, tarqatma materiallar, auditoriyani mavzuga qiziqtirishga qaratilgan turli mashqlar, boshqotirmalar tayyorlashi lozim. Talaba mavzuni yoritishdagi mahoratiga qarab o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Bu orqali talaba ham mavzuni o‘zlashtiradi, ham nutqi o‘sadi, ham o‘zida o‘qituvchilik qobiliyatini shakllantirib boradi. Darslardagi bu kabi amaliyotlar barcha talabalar uchun birdek foydali. Darsga javob beradigan talaba oldindan tayyorgarlik ko‘radi. Qiziqarli ma'lumotlar topadi. O‘z nutqini shakllantirib oladi.

Муаллиф: Gulmira JO‘Raboyeva, SamDCHTI 1-bosqich talabasi

19.12.2018 64 101 Таълим
окна фотограф html php памятники знакомства