samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

Elektron yoki bosma kitob

Чоп этиш

ularning qay biri ma’qul?

Zamonaviy texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanayotgani insoniyat uchun ko‘pgina qulayliklar yaratmoqda. Shu jumladan, elektron darsliklar ham ana shunday qulaylik mevasidir.

Yaqinda bir kursdoshimning telefoniga tikilib o‘tirganiga ko‘zim tushdi. Undan nima tomosha qilayotganini so‘raganimda, "Kitob o‘qiyapman", deya javob berdi. Men "kitob" so‘zini eshitib, uning mazmuni, syujeti haqida surishtirishga tushdim. Lekin o‘zimni qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob ololmadim. Chunki, kursdoshim shu kunga qadar o‘qigan sahifalari deyarli yodidan ko‘tarilganini, elektron kitobdan o‘qiganlarini eslab qolishda qiynalayotganini aytdi. Men ikkilanib qoldim. Elektron kitoblar bosma kitobdek emasmi? Agar o‘qiyotgan asarning mazmuni, syujeti tushunarli bo‘lmasa, uni o‘qishga ne hojat? Mobil aloqa vositalari, planshet, kompyuterlardan chiqadigan nur inson salomatligiga, ayniqsa, ko‘zlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, inson miya faoliyatida ham ba’zi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi mutaxassislar tomonidan ogohlantirilgan.

Biroq elektron kitoblar, darsliklarning ma’lum zararlari bilan birga, foydali, qulay tomonlari ham bor. Misol uchun, hajmi katta, og‘ir kitoblar ko‘tarib yurishga noqulay bo‘lishi mumkin. Shunindek, ularni doimo olib yurishning ham imkoni yo‘q. Bu borada elektron darsliklarga murojaat qilish mumkin. Ular foydalanish uchun juda qulay. Boshqaruv tizimi orqali elektron kitoblarda istalgan sahifani ochish mumkin. Bu esa ko‘p vaqt talab etmaydi. Ularni doimo olib yurib, xohlagan paytda foydalanish mumkin. Bosma kitoblar, darsliklarni xarid qilish ham elektron versiyalariga nisbatan qimmatroq. Kitobdan kerakli ma’lumotni olish uchun kutubxonalarga, turli kitob do‘konlariga borishga to‘g‘ri keladi.  Elektron kitoblarni internet tarmog‘i orqali istalgan paytda yuklab olish hamda kerakli ma’lumotdan foydalanish mumkin. Bu esa foydalanuvchi uchun qulay imkoniyatdir. Bugungi kunda barcha ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonida elektron darsliklardan keng foydalanilmoqda. Nafaqat, ta’lim muassasalarida, balki ba’zi korxonalar, tashkilotlarda ham elektron qo‘llanmalar asosiy vositaga aylanib bormoqda. Demak, elektron kitoblar, darsliklar o‘rganish va o‘qish uchun juda samaralidir.

Fransuz maqolida aytilganidek, "Vaqtni behuda o‘tkazishdan-da yomonroq jinoyat yo‘q". Elektron yoki bosma kitoblardan qay birini tanlash o‘quvchining ixtiyorida. Muhimi, kitob mutolaasini unutib qo‘ymasak bas. O‘qiganda ham uqib o‘qish lozim.

 

Муаллиф: Gulmira Sherali qizi

21.11.2018 73 92 Адабиёт
окна фотограф html php памятники знакомства