samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

"HUMO" JAMOASI G'OLIB

Чоп этиш

"Vatanparvar" mahallasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan "Burgut" harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Jamoaviy va yakka tartibda bellashgan ishtirokchilar "Mohir mergan", "To‘siqlardan oshib yugurish", "Jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish", "Minalashtirilgan hududda harakatlanish", "Safda qo‘shiq aytish", "Mahfiy parollar bilan ishlash", "Harbiy unvonlar va harbiy lavozimlar", "O‘zbekiston ramzlari", "Raqib jamoa bayrog‘ini egallash" kabi shartlarni bajarishdi.

Musobaqada birinchi o‘rin Nurоbod tumanining "Humo" jamoasiga nasib qildi. Kattaqo‘rg‘on shahrining "Qalqon" jamoasi hamda Jomboy tumanining "Bo‘rilar" jamoasi 2 va 3-o‘rinlarni egallashdi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining kubok va medallari topshirildi.

Муаллиф: Shahnoza XOLIQOVA, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashining matbuot kotibi

2.05.2018 54 33 Спорт
окна фотограф html php памятники знакомства