samarkandnews.uz – халқ депутатлари Самарқанд шаҳар кенгаши ва шаҳар ҳокимлигининг «Samarqand» газетаси раcмий веб-сайти

"Biznes maktab" — yoshlar uchun imkoniyat

Чоп этиш

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETINING BIZNES SOHASIGA QIZIQUVCHI BIR GURUH TALABALARI TOMONIDAN "BIZNES MAKTAB" TASHKIL QILINDI.

Azaldan xalqimizda ustoz-shogird an'analariga alohida e'tibor qaratilgan. Bu barcha sohalarda o‘z natijasini berganligini inobatga olib biznes, xususiy tadbirkorlik bo‘yicha zarur bilim va malakaga ega talabalar sohaga qiziquvchi tengdoshlariga mahorat saboqlarini berib, yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirishni maqsad qilishgan.

— Joriy yilning oktabr oyida "Yoshlar" oromgohida tashkil qilingan "Biznes trenerlar maktabi" seminar-treningida qatnashib kelgan edim, — deydi SamDU "Biznes maktab"i rahbari Allayor Norboyev. — U yerda olgan bilimlarimni tengdoshlarimga yetkazish, o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga yordam berish maqsadida mazkur maktab tashkil etildi. Kelgusida biznes sohasida ma'lum yutuqlarga erishgan malakali tadbirkorlar ishtirokida seminarlar o‘tkazib, yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirishga, sohani rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda yurtimiz yoshlarining tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Afsuski, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan yoshlarning ko‘pchiligi ishni nimadan boshlashni bilmay ortiqcha vaqt yo‘qotadi. "Biznes maktab"lar ana shunday holatdagi yoshlarning tashabbuslarini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Муаллиф: Sitorabonu RAHMONBERDIYEVA, SamDU talabasi

15.12.2018 89 100 Таълим
окна фотограф html php памятники знакомства